Xitoyning Shanxay shahri Baoshan tumanida joylashgan mashinasozlik tashkilotida yuz bergan portlash natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jabrlandi. Bu haqda Xitoyning Markaziy televideniyesi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Favqulodda holat hududida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda. Portlash sabablari haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)