Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2007-yilda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan zalda uning iti Koni ham bo‘lgan holatni izohladi. Bu haqda prezidentning Bild nashriga bergan intervyusiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Merkel 1995-yilda itning hujumidan so‘ng, ulardan qo‘rqishi ta’kidlanadi.
“Albatta, men bu haqda hech narsa bilmasdim. Aksincha, men unga o‘z itimni ko‘rsatish bilan uni xursand qilmoqchi edim. Keyin men unga vaziyatni tushuntirib, buning uchun uzr so‘raganman”, — deydi Putin.
OAVlarda prezident labrador ko‘magida Merkelni ataylab qo‘rqitishga uringanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)