AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti va Koreya Respublikasi qo‘shinlari to‘liq jangovar shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Koreya Respublikasi Shtablar rahbarlari qo‘mitasining raisi general Li Sun Chjin ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Li Sun Chjin Koreya Respublikasidagi Amerika qo‘shinlari qo‘mondoni general Kyortis Skaparotti bilan birga Osan shahridagi Amerika aviabazasiga tashrif buyurdi.
“Shimoliy Koreya tomonidan yadro sinovi o‘tkazilgandan so‘ng, uning harbiylari kutilmagan provokatsiyalarni uyushtirishi mumkin”, — deb ta’kidladi Li Sun Chjin. Uning so‘zlariga qaraganda, shu munosabat bilan harbiylar Shimoliy Koreya tomonining har qanday provokatsiyasiga qarshi turish hamda Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun to‘liq jangovar shaylik holatida bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yadro sinovini o‘tkazganiga javoban AQSh Janubiy Koreyaga “Ronald Reygan” aviatashuvchisi va atom suvosti kemasini jo‘natishi xabar qilingandi.
Izoh (0)