Vyetnamda osmondan tushgan uchta metall shar Rossiyada ishlab chiqarilgan. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.
Vyetnam armiyasi bosh shtabi ma’lum qilishicha, obyektlar Rossiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, keyinchalik ular boshqa davlatlarga sotilgan bo‘lishi mumkin. Bular uchuvchi apparatning bosim ostidagi havo rezervuarlariga o‘xshaydi. Taxminlarga ko‘ra, sharlar tashuvchi raketaga tegishli bo‘lishi mumkin.
Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan obyektlar mamlakatning shimolida 2-yanvar kuni topilgan edi. Ularning og‘irligi 250 gramm, 6 kilogramm va 45 kilogrammni tashkil qilib, mahalliy aholi ularni topib olishdan oldin osmondan kelayotgan shovqinni eshitgan.
Ta’kidlanishicha, sharlarda radioaktiv modda topilmagan va odamlar uchun xavfli emas.
Izoh (0)