Toshkentdagi Pushkin maydonida haftaning har yakshanba kuni olovli shou bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “RIA Novosti”. Yaqindan boshlab, bu yerda poysterlar guruhi — olovli sharlarni aql bovar qilmas trayektoriyalar bo‘ylab aylantiruvchi dovyuraklar ham yig‘ilmoqda.
Toshkentlik poysterlardan biri — Ra’no Makarenko poilar bilan jonglyorlik qilinishini birinchi marta 2009-yilda Vyetnamda ko‘rgani, o‘shandan buyon o‘zi ham poysterlik qilishini aytdi.
Poytaxtda tuzilgan guruh — “Gori yasno” (“Yorqin bo‘lib chaqna”) tarkibida o‘n kishi bor. Ularning ba’zilari bir yil ichida butun dunyoni aylanib chiqishga ham ulgurdi. Jumladan, Makarenko Pragaga sayohat qilib, Tribo Fuego poysterlar festivalida ishtirok etdi.
Poi — olovli shou uchun rekvizit bo‘lib, u ip yoki zanjirga birikkan bir juft sharchadan iborat, ipning dasta o‘rnatilgan ikkinchi uchidan ushlab aylantirish mumkin. Bunday rekvizitdan foydalanib chiqish qiladigan artistlar poysterlar deyiladi.
Olovli shoular aprel oyidan boshlab davom ettiriladi va har yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)