2016-yilning iyunidan boshlab, Turkiya dunyoning 89 mamlakati, jumladan, O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qiladi, deb yozadi “1news.az”.
Bunday qaror Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida viza rejimini yengillashtirish va readmissiya (qaysidir mamlakatda bo‘lib turish uchun huquqqa ega bo‘lmagan yoki bunday huquqni yo‘qotgan shaxslarni doimiy yashash mamlakatiga qaytarish) haqida bitim tuzilgani yuzasidan qabul qilingan.
Viza rejimi qayta tiklanadigan mamlakatlar orasida Ozarbayjon, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina va Gruziya ham bor.
Izoh (0)