Ispaniyaning “Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda esa Qatarning “As-Sadd” jamoasida to‘p surayotgan Xavi Ernandes farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, chaqaloq Qatar poytaxti Dohada tug‘ildi va qizchaga Osiyo deb ism qo‘yildi. Bu Xavi Ernandes va uning turmush o‘rtog‘i Nuriya Kunilleraning birinchi farzandi hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, Xavi 2015-yilning iyun oyida Qatar klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Izoh (0)