AQSh prezidenti Barak Obama har yili Gavayida o‘tkazadigan Rojdestvo ta’tilini tugatib, Vashingtonga qaytib keldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
AQSh harbiy-havo kuchlarining “Birinchi raqamli borti” Amerika rahbarini uning turmush o‘rtog‘i Mishel, qizlari Maliya va Sasha bilan Gavayining Oaxu orolidan Merilend shtatidagi Endryus bazasiga 3-yanvar, yakshanba kuni olib keldi.
Barak Obama bolaligi va o‘spirinligi o‘tgan Gavayida o‘z oilasi bilan 2015-yil 19-dekabrdan boshlab ikki haftacha dam oldi. Oaxuda Obama, asosan, o‘zining sevimli mashg‘uloti bo‘lgan golf o‘yiniga vaqt sarfladi, cho‘mildi, oilasi va do‘stlari bilan restoranlarda kechki ovqat tanovul qildi.
Shu bilan birga, hamyurtlariga mo‘ljallangan odatiy shanba kungi radio murojaatida, AQSh rahbari, uning hukumat rahbari lavozimini egallab turishiga bir yil qolganligi sababli, ortiqcha vaqt yo‘qotmay o‘zining xizmat vazifasiga kirishishini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, AQShda 2016-yil 8-noyabrda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov natijalari bo‘yicha, 2017-yil yanvar oyida yangi saylangan Amerikaning 45-prezidenti Oq uyda Obamaning o‘rniga keladi. AQSh Konstitutsiyasi bo‘yicha Obama prezidentlik lavozimiga uchinchi muddatga saylana olmaydi.
Izoh (0)