Yangi yil kechasi Fransiyada bezorilar tomonidan 804 ta avtomashina yoqib yuborildi. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,5 foizga kam bo‘lib, 2014-yilda 940 ta avtomashina yo‘q qilingan edi. Shu bilan birga, qo‘lga olingan bezorilar soni ikki barobarga oshib, ularning soni 622 kishiga yetdi. Ushlanganlarning 368 nafari vaqtinchalik hibsga olindi.
Fransiyada Yangi yil oqshomi noyabr oyida Parijda yuz bergan bir nechta terktlardan keyin joriy qilingan favqulodda holat muhitida kechdi. 10 ming nafar harbiy, bir necha ming politsiyachi va jandarm shaharlarning ko‘chalarida navbatchilik qildi.
Izoh (0)