Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste o‘zining Yangi yilga bag‘ishlangan murojaatida, mamlakat faqat urush va ta’qiblardan qutulish uchun qochib kelgan muhojirlarga yordam bera olishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
“Bizda misli ko‘rilmagan holat yuzaga kelmoqda. Yarim yil ichida 30 mingdan ortiq muhojir mamlakatimizga kirib keldi va yana kelishda davom etmoqda. Ularning ayrimlari xavf-xatardan qochib kelgan bo‘lsa, boshqalari yaxshi hayotni izlab kelgan. Ikkala sabab ham tabiiy hol”, ― dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, Finlyandiyaga kelayotgan muhojirlarning hammasi ham “yaxshi niyat” bilan kelmay, ular orasida “terrorchilik o‘tmish”ga ega bo‘lgan shaxslar ham bor. Bunday holat esa, mahalliy aholini barcha kelgindilarga nisbatan shubha bilan qarashga majbur qilmoqda.
Izoh (0)