Ukraina Qrimni Kaxovskaya-Titan elektruzatish liniyasi yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatdi. Bu haqda “Qriminform” bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.
Natijada, yarimorolning shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlari, shuningdek, Yevpatoriya va Saki shaharlari elektr energiyasisiz qoldi.
Qrim Respublikasining Yoqilg‘i va energetika vaziri Svetlana Borodulinaning ta’kidlashicha, elektrdan mahrum bo‘lgan hududlarga elektr energiyasini yetkazib berish bir soat ichida yo‘lga qo‘yiladi. Ta’minot “olti soat elektr berib, ikki soatga o‘chirilish” grafigi asosida amalga oshiriladi.
“Ukrenergo”da elektr ta’minotining o‘chishiga tarmoqning rele himoyasi ishga tushgani sabab bo‘lganligini ma’lum qildi. Energetiklar elektr energiyasini yetkazish liniyasini tezlik bilan ishga tushira olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rasmiylarini Qrim ushbu mamlakat elektr energiyasidan voz kechishi to‘g‘risida ogohlantirish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Izoh (0)