Primorye safari bog‘idagi yo‘lbars Amur va echki Timurning kundalik hayotini kechayu-kunduz onlayn tartibda kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
30-dekabr, chorshanba kuni bog‘da o‘rnatilgan to‘rtta videokamera tasvirini bog‘ning rasmiy saytiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli ravishda uzatib borish yo‘lga qo‘yildi.
Safari bog‘ining rahbari Dmitriy Mezensevning ta’kidlashicha, yo‘lbars va echkiga qat’iy kun jadvali belgilangan. Har kuni ertalab soat 10 da yo‘lbars atrofi o‘ralgan katta maydoncha – volyerga qo‘yib yuboriladi. Bu yerda uni Timur kutib turgan bo‘ladi. Kun davomida Amur va Timur bir biriga yaqin bo‘lgan joyda kun kechiradi”.
“Kechqurun, kun botar vaqtda esa, Amur odatda oshxona oldida aylanib turib, sabrsizlik bilan ozuqa berilishini kutib turadi. Qorong‘i tushgach, yo‘lbars tungi volyerga qamab qo‘yiladi. Timur esa katta parkda bir o‘zi qoladi”. ― dedi Mezensev.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’muriyatiga yo‘naltirilgan petitsiyada yo‘lbars Amur va echki Timurning do‘stlik hikoyasini kadrlarga muhrlash taklif qilingan edi.
Izoh (0)