Yamanda “Ansor Alloh” harakatiga qarshi kurashib kelayotgan Arab koalitsiyasi tarkibida bo‘lgan Bahrayn Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti Saudiya Arabistonining Yamanga chegaradosh bo‘lgan hududida halokatga uchradi. Bu haqda koalitsiya vakili bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qiruvchi samolyot chegaraga yaqin joyda joylashgan Jizon shahri yaqinida texnik sabablarga ko‘ra halokatga uchragan. Samolyot uchuvchisi katapulta vositasida irg‘ib chiqib, omon qoldi.
Izoh (0)