“Daryo”da doimiy rukn — har ish kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. O‘zbekiston Markaziy banki valyuta oldi-sotdi sohasida hech qanday o‘zgarishlar ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qildi. So‘nggi ikki kunning shov-shuvlariga, Markaziy bankdan avvalroq, “KDB Bank O‘zbekiston” javob berib chiqqandi.
2. 2015-yilda dunyoda o‘z kasbi tufayli 67 jurnalist halok bo‘ldi. Jurnalistlar uchun eng xatarli mamlakat ketma-ket uchinchi yil Suriya bo‘lib qolmoqda.
3. O‘zbekistonda benzin 45 so‘mga qimmatlashadi. Aniqrog‘i, benzin narxini shakllantiruvchi soliq stavkasi. Agar benzin narxini shakllantirishda qatnashadigan boshqa omillarning narxi oshmasa yo tushmasa, 1-yanvardan Ai-80 ni 2075 so‘mdan quyaverasiz.
4. O‘zbekistondagi mobil operatorlar har bir abonent uchun 1500 so‘mdan pul to‘laydi. “Abonent solig‘i” birdaniga ikki barobar o‘sdi — bu holat mobil operatorlarning tariflariga qanday ta’sir qilishi haqida bir narsa deyish qiyin.
5. Namanganlik talabalar Yangi yilni har doimgidek kutib olyapti. Har doimgidek — butun mamlakatning kayfiyatini ko‘targan holda. Kamida 2013-yildan beri davom etayotgan ushbu an’anani olqishlasa arziydi.
Izoh (0)