Sport ishlari bo‘yicha ma’muriy sudning (TAD) “Real” jamoasini Ispaniya kubogidan chetlashtirish qarori bo‘yicha qirollik jamoasi chiqish qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.
“Real”ning bayon qilishicha, “Sport ishlari bo‘yicha ma’muriy sud ‘Real’ning Ispaniya futbol federatsiyasi Intizomiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasining qarori ustidan berilgan apellyatsiyasini qanoatlantirishni rad etdi. Jamoa sudning xulosasini hurmat qilsada, qarordan norozi va shuning uchun ma’muriy tartibda sudlashish yo‘lini davom ettirishni va mumkin bo‘lgan yuridik imkoniyatlarni ko‘rib chiqishni lozim topadi”.
Eslatib o‘tamiz, TAD “Real”ni Ispaniya kubogidan chetlatish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, uni kubokdan chetlashtirgan edi.
Izoh (0)