AQShning janubi-sharqidagi bir necha shtatlarida yuzaga kelgan tornado va suv toshqini qurbonlari soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Toshqin va tornado tufayli Missuri shtatida olti kishi, Texas shtatida 11 kishi, Illinoys shtatida besh kishi, Missisipi, Alabama, Tennessi va Arkanzas shtatlarida esa jami 19 kishi halok bo‘ldi.19-qurbon Alabamaning janubi-sharqiy qismida topildi. U so‘nggi vaqtgacha bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan edi.
Rasmiylar tabiiy ofat yetkazgan zararga baho berishga tayyor emas.
Izoh (0)