Rossiyaning Samara viloyatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganligi uchun kollejdan haydalgan 18 yoshli Vlad Kolesnikov o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Hodisa 25-dekabr kuni Jigulyovsk shahrida yuz berdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, o‘smirning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Kolesnikov Podolsk savdo-sanoat texnikumining qandolatchi oshpaz yo‘nalishida tahsil olgan. U mashg‘ulotga “Qrimni qaytaring!” yozuvi va Ukraina bayrog‘i tasvirlangan futbolkada kelganligi uchun o‘qishdan haydalgandan so‘ng, mashhur bo‘lib ketdi.
Shundan keyin u norozilik aksiyalarini uyushtirgan, jumladan Moskva viloyatining ko‘p qavatli uylaridan biriga urushga qarshi shiorni ilib qo‘ygan.
Kolesnikov tengdoshlari uni tushunmasligidan shikoyat qilgan.
Izoh (0)