Fransiyada yuzlab muhojirlar shturm bilan Yevrotunnelni egallashga urindi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.
Bir necha soat ichida qochoqlar lagerlardan uncha katta bo‘lmagan guruhlar bilan Kalega yetib keldi. Shundan so‘ng ular tunnelga qarab harakatlana boshladi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, odamlar oqimi shunchalik shiddatli ediki, tunnelga olib boruvchi avtotrassadagi harakatni vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.
Bu shturm qilishga birinchi urinish emas. 2015-yilning oktabr oyida muhojirlarning stansiyaga bostirib kirishi tufayli tunnel faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)