Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tgan prezident archasida ishtirok etgan Angelina Shulgina, bosh kiyimida prezident saroyi aks ettirilgan libosi uchun taqdirlandi. Bu haqda “Today.kz” xabar qiladi.
Bosh kiyim davlat rahbarining qarorgohi shaklida yasalgan bo‘lib, libosda esa mamlakat poytaxti ― Ostona shahrining diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan. Eng yaxshi libos uchun prezidentning nomidan uy kinoteatri sovg‘a qilindi.
Libosni Angelinaning ustozi Svetlana Varnavina tikib bergan. Ma’lum qilinishicha, libos bir oy davomida tikilib, minglab zar va munchoq bilan bezatilgan.
Izoh (0)