Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishchi doiralar vakillari bilan uchrashuvda Rossiya sanksiyalarga javoban mamlakat ichkarisida tadbirkorlik erkinligi, shuningdek, boshqa davlatlar bilan kooperatsiyani rivojlantirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Tashqi cheklovga bizning javobimiz tadbirkorlik erkinligini kengaytirish, halol ishlab, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yayotgan barchaning mulk va huquqlarini himoya qilishdan iborat bo‘lishini bir necha marta aytib o‘tdim”, — dedi davlat rahbari. U huquqni muhofaza qilish va tergov organlari faoliyatini takomillashtirishga va’da berdi.
Putin, shuningdek, milliy tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirish yuzasidan rejalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqlab, unga ko‘ra, umumiy ro‘yxatga 34 nafar jismoniy va yuridik shaxs kiritildi.
Izoh (0)