O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi kollegiyasining 22-dekabr kungi yig‘ilishida vazirlik tizimi sakkizta idorasining yangi rahbarlari tanishtirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Yangi rahbarlarni sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov tanishtirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash va profilaktik yordam ko‘rsatish bosh boshqarmasi rahbarligiga Shuhrat Nishonov, Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi rahbari etib Marat Sodiqov, vazirlikning Nazorat inspeksiyasi rahbari lavozimiga Abduvali Agzamov tayinlandi.
Respublika sud-tibbiy ekspertizasi rahbarligiga Alisher Iskandarov, O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi direktorligiga Lola Musajonova tayinlandi.
Abdushukur Sodiqov Andijon davlat tibbiyot institutining rektorligiga, Hasan Mamatqulov Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali rektorligiga, Qahramon Haitov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorligiga tayinlandi.
Izoh (0)