Hindiston poytaxtidagi sudlarning birida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir nafar politsiyachi halok bo‘lib, yana uch nafari yaralandi. Bu haqda NDTV telekanali bergan ma’lumotlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Voqea Hindistonning shimoli-sharqidagi Anand Vixar tumanida sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, ikki nafar politsiya xodimi va hodisa ro‘y berganda xonada bo‘lgan sud ishchisi yaralangan. Halok bo‘lgan politsiyachi to‘rttadan beshtagacha o‘q yegan. Boshqa xabarlarga ko‘ra u tirik, lekin juda og‘ir ahvolda. Jami o‘ntagacha o‘q otilgan.
Shu munosabat bilan ikki kishi hibsga olindi. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)