Qirg‘izistonga tog‘ echkilarini ovlash uchun kelib ketgan ajnabiyning ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlari qirg‘izistonliklarning g‘azabini keltirdi. Bu haqda K-News xabar qilmoqda.
Andres Santos Shroyeder muvaffaqiyatli o‘tgan ovining foto hisobotini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylab, ov Issiqko‘l hududida uyushtirilganligini ma’lum qildi.
Nashr qilingan fotosuratlar bilan tanishgan qirg‘izistonlik foydalanuvchilar norozi bo‘lib, Andres Qirg‘izistonga yana qaytib kelsa, hayvonlarga nisbatan qanday ish tutgan bo‘lsa, unga nisbatan ham shunday ish tutilishi haqida ogohlantirgan.
Qirg‘izistonda bu kabi jonivorlarni ov qilish uchun chet ellik fuqaroning litsenziyasi bo‘lgan-bo‘lmaganligi noma’lum.
Arxar va tog‘ echkilari yo‘qolib ketayotgan hayvonlar turiga mansub bo‘lishiga qaramasdan, Qirg‘izistonda ularni ovlashga ruxsat beruvchi litsenziya beriladi. Ta’kidlanishicha, bu kabi litsenziyaning narxi 25 ming dollarga yaqin.
Izoh (0)