Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat mamlakat taraqqiyot yo‘nalishini tanlashda Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining qiziqish va istaklarini inobatga olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
“Biz o‘z yevrointegratsiyaviy tanlovimizni faqat Ukraina xalqi bilan muvofiqlashtiramiz. Bu Kremlning ishi emas, davlatni qanday rivojlantirish to‘g‘risida hech kimning ulardan ruxsat so‘rash yoki maslahatlashish niyati yo‘q”, — dedi Poroshenko “Inter” telekanaliga bergan intervyusida.
Prezident Ukraina ishlariga Rossiya tomonidan bildirilayotgan e’tiborga misol tariqasida, mamlakatda yangi plastik pasportlarning joriy etilishini aytib o‘tdi. “Identifikatsion kartochkalarning joriy etilishiga Rossiyaning birinchi reaksiyasi: ‘Bu biz bilan muvofiqlashtirilmagan’, degan so‘zlar bo‘ldi”, — deydi Poroshenko.
Prezident Ukraina xalqi qaysi tomonga harakatlanish va taraqqiyotning qaysi yo‘nalishini tanlashni o‘zi belgilashini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)