Turkiya janubi-sharqida bir necha kundan beri davom etayotgan mamlakat xavfsizlik kuchlari maxsus operatsiyasi davomida Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) 89 nafar a’zosi o‘ldirildi. Operatsiya komendantlik soati joriy etilgan besh uyezda o‘tkazilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat janubi-sharqida KIP faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan choralarda 10 mingga yaqin harbiy ishtirok etmoqda. To‘qnashuv va tozalovlar Diyorbakir va Shirnak viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda. KIP a’zolaridan aksariyati Shirnakning Jizre uyezdida halok bo‘lgan: bu yerda keyingi uch kun mobaynida 54 nafar ayirmachi yo‘q qilindi.
Izoh (0)