Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Parijda 13-noyabr kuni sodir bo‘lgan ketma-ket teraktlar  natijasida jabrlanganlarga hamda qurbon bo‘lganlarning oilalariga to‘lanadigan tovon puli 300 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda Fransiya adliya vaziri Kristian Tobira OAV vakillariga ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “Vistanews.ru”

Foto: “Vistanews.ru”

Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 6,7 million yevro teraktda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga to‘lanib bo‘lgan. Yana 771 ming yevro qurbonlar oila a’zolarining transport xarajatlarini qoplashga va teraktda jabrlanganlarga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr kuni teraktlar ketma-ketligi sodir etilib, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan edi.

Avvalroq Fransiya maxsus xizmatlari 2010-yildan buyon Parijning “Bataklan” konsert zalida ehtimoliy terakt xavfi haqida ma’lumot olgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi