“Gardemarinlar”da rol o‘ynagan aktyor Aleksandr Glovyak Moskvada o‘ldirib ketildi
“Gardemarinlar” va “Himoya darvozalari” kinofilmlarida suratga tushgan aktyor Aleksandr Glovyak o‘zining Moskvadagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“O‘tgan kuni fuqarolardan Novogireyevskaya ko‘chasi, 54-uy manzilida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf qilinib, chiqindi uyumi tozalangach, boshidan jarohat olgan va turli qon quyilishlari bo‘lgan uy egasining jasadi topildi”, ― deya ma’lum qildi huquqni muhofaza qiluvchi idora vakili.
Surishtiruv davomida hududda o‘rnatilgan videonazorat kameralarining barcha qaydlari musodara qilindi.