Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 14-dekabr kungi qarori (pdf) orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan belgilangan ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma ularning so‘roviga asosan rasmiylashtirib beriladi.

Ariza mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Quyidagi hollarda ma’lumotnoma berilmaydi:

  • Prezident tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa;
  • chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa.
Ma’lumotnoma berishning rad etilganligi haqida fuqaroga yozma ravishda asoslantirilgan javob beriladi.

Chet elga bormoqchi bo‘lgan harbiy guvohnomasi bo‘lmagan chaqirilish yoshidagi shaxslarga belgilangan ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma belgilangan tartibda beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi