O‘zbekiston savdo-sotiqda eng qulay rejim o‘rnatgan mamlakatlar ro‘yxati Braziliya bilan to‘ldirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
2009-yil 28-mayda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolangan, u 2015-yilning 17-avgust kuni kuchga kirgan edi.
Ushbu rejim bojxona imtiyozlari, shuningdek, import qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga solinadigan soliqlar va yig‘imlarga nisbatan afzalliklar taqdim etilishini nazarda tutadi.
Eng qulay rejimdagi savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxati endi 46 davlatdan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)