Xitoyning markaziy qismidagi Chunsin shahri hududida joylashgan karst g‘orlardan ulkan salamandra topildi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Suvda ham, quruqlikda ham yashovchi ushbu salamandraning uzunligi 1,4 metr, og‘irligi esa 51,7 kilogrammga yetadi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonning yoshi 200 yil deb baholanmoqda.
Amfibiya tadqiq etish uchun olimlarga taqdim etildi. Xitoyda salamandralar qonun bilan qo‘riqlanadi. U xalq tabobatida ko‘plab dori-darmon vositalarining manbasi sifatida qadrlanadi.
Xitoy ulkan salamandrasi (Andrias davidianus) hozirgi paytda suvda ham quruqlikda ham yashovchi hayvonlarning eng yirigi hisoblanadi. U tabiatda juda kam uchraydi.
Izoh (0)