Rossiyaning Novosibirsk viloyati Bolotnoye shahrida yashovchi beshinchi sinf o‘quvchisi Mariya Kotovaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin velosiped sovg‘a qildi. Bu haqda hududiy hukumat sayti xabar beradi.
“Biroz vaqt avval u yangi yil tilaklari yozilgan xatini Rossiya Federatsiyasi prezidentiga yuborgan edi. Bugun, 14-dekabr kuni gubernator Vladimir Gorodetskiy mamlakat prezidenti nomidan qizchaga uzoq kutilgan sovg‘alarni taqdim etdi”, — deyiladi xabarda. Mariya, shuningdek, Moskvaga Kreml archasiga taklif etildi.
Qizcha beshinchi sinfda a’lo baholarga o‘qishi, shuningdek, turli olimpiadalar g‘olibi ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, u qo‘shiq kuylash va raqs bilan ham shug‘ullanadi.
Vladimir Putin bolalarga tez-tez sovg‘alar berib turadi. Dekabr oyida Xakasiya Respublikasida yashovchi o‘quvchi qiz va uning singlisi Rossiya prezidentidan xaski zotidagi kuchuk bolasini sovg‘a tariqasida olgan edi.
Izoh (0)