Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki 2015-yil 15-dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2780 so‘m 5 tiyin etib belgilandi. Bu 10-dekabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 85 tiyinga ko‘p.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket o‘n bir haftadan beri kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.

10-dekabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3049 so‘m 63 tiyin (10-dekabrdagi kursga nisbatan 76 so‘m 13 tiyin qimmat — Yevroittifoq valyutasining so‘mga nisbatan kursi o‘tgan hafta 45,62 so‘mga o‘sgan edi), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 19 tiyin (10-dekabrdagi kursga nisbatan 29 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda