Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2016-yil 1-yanvaridan O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar oshiriladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining birgalikdagi qarori (pdf)ga tayanib.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Hujjatga muvofiq, bir litr vinoning eng kam ulgurji-sotish narxi 3800 so‘mdan 4500 so‘mga (18,4%), eng kam chakana narxi 4600 so‘mdan 5400 so‘mgacha (17,3%) oshirildi.

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eng kam ulgurji-sotish narxi 10500 so‘m (hozir 9000 so‘m) (16,6%), eng kam chakana narxi esa 12600 so‘m (hozir 10900 so‘m) deb belgilandi (15,6%).

Konyak uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 13900 so‘m (hozir 11100 so‘m, oshish 25,2%), eng kam chakana narxi 16700 so‘m (hozir 13400 so‘m, oshish 24,6%)ni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi