Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zining iroqlik hamkasbi Ibrohim al-Jaafariy bilan telefon orqali muloqotida Rossiya Iroqning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda o‘zining qat’iy prinsipial pozitsiyasini bildirib, Iroq shimoliga Turkiya qo‘shinlari joylashtirilishi munosabati bilan Bag‘dodning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya TIV bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
Iroqning taklifi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda, al-Jaafariy Iroq shimoliga Turkiya harbiylarining noqonuniy joylashtirilishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishini va Bag‘dodning bu masalada BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Lavrov va al-Jaafariy Suriya muammosini ham muhokama qildi.
Izoh (0)