Fransiyalik rassom Trevis Darden o‘zining ikki qiziqishi — ko‘hna san’at va ommaviy madaniyatni qorishtiruvchi taxallus tanlagan. Pixel’ning yozishicha, Trevis bir qator qadimgi va mashhur yunon haykallarini “Yulduzlar jangi” kinosagasi qahramonlari ko‘rinishida tasvirlashga qaror qildi.
Mazkur haykallar, tabiiyki, qadimgi asl nusxalari kabi marmar yoki boshqa toshdan yasalgan emas — ular bor-yo‘g‘i uch o‘lchamli modellar. Biroq shu qadar ustalik bilan ishlanganki, ularning soxtaligiga shubha qilasan.
Qayd etishlaricha, Darden o‘zining shunday ijodiy ishlarini Internetda sotadi.