Yangi Zelandiyada mamlakat bayrog‘iga muqobil bo‘lgan yakuniy shakli belgilandi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Milliy bayroqni o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan referendum 2016-yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda amaldagi bayroqqa mutanosib bo‘lgan bayroqning shakli g‘olib bo‘ldi. Ko‘k polotnoda xoch shaklidagi yulduzlar, qora fonda aks ettirilgan kumush rangli qirqquloq poyasi bilan to‘ldirilgan.
Kayl Lokvudning ushbu dizayni saylovda 50,53 foiz fuqaroning ovoziga ega bo‘ldi.
Davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Key taklif qilgandi.
Tanlovga 10 mingdan ko‘p variantlar berilgan bo‘lib, sentabr oyiga kelib to‘rtta loyihadan iborat qisqa ro‘yxat tuzilgan edi.
Izoh (0)