XXRning janubi-g‘arbida joylashgan Yunnan viloyatida ikki dinozavrning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Topilmalarning yoshi 180 million yil atrofida, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, toshqotgan dinozavr qoldiqlari Lufen uyezdidan o‘tgan oyda topilgan, biroq arxeologlar tomonidan endi ma’lum qilingan.
Lufen uyezdining geologik merosni himoya qilish departamenti rahbari Van Taoning so‘zlariga qaraganda, bu qoldiqlar lyufengozavrlarning ikki turi – Lufengosaurus Magnus va Lufengosaurus Huenei’ga tegishlidir. Dinozavrlarning ushbu turi Yura davrida yashagan bo‘lib, ularning uzunligi to‘qqiz metrgacha yetgan.
Lyufengozavrlar o‘txo‘rlar bo‘lib, ular hozirgi Xitoy hududida yashagan.
Izoh (0)