Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

The North Face va Esprit kiyim-kechak markalari asoschilaridan biri, amerikalik biznesmen va atrof-muhit himoyachisi Duglas Tompkins Argentina va Chili chegarasidagi ko‘lda kayak (usti berk teri qayiq)da suzish chog‘ida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”. U 72 yoshda edi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Biznesmen bilan birga yana besh sayyoh bo‘lgan kayak ag‘darilib, odamlar muzdek suvga tushib ketdi. Tompkins Chilidagi kasalxonaga yetkazildi, biroq uzoq vaqt muzlab qolgani tufayli, uning hayotini qutqarib bo‘lmadi.

Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, u kasalxonaga keltirilganida, tana harorati bor-yo‘g‘i 19 daraja bo‘lgan. Qolgan besh kishi qattiq jabr ko‘rmagan.

Duglas Tompkins 1968-yilda Dik Klopp bilan birgalikda The North Face sport kiyim-kechaklari brendiga asos solgan. Keyinroq Esprit kundalik kiyim-kechaklar markasini yaratgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi