Ukrainaning mojaro bilan qamrab olingan sharqiy hududlarida oxirgi 20 oy davomida 9,1 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” BMT hisobotiga tayanib xabar beradi.
BMT joriy yilning 8-sentabrida e’lon qilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanganda, mojaro qurbonlarining soni oxirgi uch oy davomida ming nafarga oshganligini ko‘rsatadi.
“O‘tgan yilning aprel oyi o‘rtasidan boshlab halok bo‘lganlarning umumiy soni kamida 9098 nafarga, yaralanganlar esa 20 732 nafarga yetdi. Yakuniy raqamlarga fuqarolar, Ukraina qurolli kuchlari va qurolli tuzilmalari kiritildi”, — deyiladi BMT hisobotida.
BMTning oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, avgust oyining o‘rtasidan noyabr o‘rtasiga qadar 47 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 131 nafari yaralangan.
Qotillik, qiynash va qonunsizlik “bahsli” hududda hukm surmoqda, deyiladi BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hisobotida.
Izoh (0)