Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining yopiq majlisida Bag‘dod roziligisiz Iroq shimolida turk harbiy kontingenti safarbar qilinganligi masalasini ko‘tarib chiqadi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asoslanib, “Exo Moskvi” xabar beradi.
Xalqaro tashkilotdagi diplomatik manbaning ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining alohida majlisi o‘tkazilishi haqidagi xabarlar asossizdir. “Masala yopiq majlisning ‘boshqa masalalar’ bo‘limida ko‘tarib chiqiladi”, ― dedi u. Muhokamalar yakuni bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinishi kutilmayapti.
BMTdagi Rossiyaning doimiy vakolatxonasi bu masala bo‘yicha rasmiy izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)