Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Krasnoyarsklik Nikolay Kaklimov  12 soat davomida 4989 marta turnikda ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

5-dekabr, shanba kuni sudyalar kollegiyasi tomonidan qayd etilgan rekord videoyozuvini Rossiya rekordlar kitobi va Ginnes rekordlar kitobi qo‘mitalariga yuborish rejalashtirilmoqda. Oldingi dunyo rekordi chexiyalik Yan Karesga tegishli bo‘lib, u 2014-yili 6 soatda 3378 va 12 soatda 4654 marotaba turnikda ko‘tarilgan.

54 yoshli poliatlon bo‘yicha sport ustasi Nikolay Kaklimov oldinlari ham Rossiya rekordlar kitobidan o‘rin olgan, jumladan, shu yil avgust oyida 30 daqiqa mobaynida 494 marotaba turnikda tortilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda