Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili sobiq prezident Mixail Saakashvilini mamlakat fuqaroligidan mahrum etish haqidagi qarorni imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mixail Saakashvili may oyida Ukraina fuqaroligini rasman qabul qilgan va Odessa viloyatining gubernatori etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya adliya vazirligi mamlakat prezidenti Georgiy Margvelashviliga murojaat qilib, sobiq prezident, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilini respublika fuqaroligidan mahrum etishni tavsiya qilgan edi.
Izoh (0)