“Barselona”ning xitoylik muxlisi Jenjong Ji sevimli jamoasining o‘yinlarini stadionda ko‘rish uchun Ispaniyaga mototsiklda bordi. Bu haqda “Std.uz” xabar bermoqda.
U Xitoydan Ispaniyagacha bo‘lgan olis yo‘lni olti oy davomida bosib o‘tdi. Bu payt oralig‘ida Ji 21 ta mamlakatda mehmon bo‘lgan.
Sodiq muxlis o‘z jamoasining “Real”, “Roma” va “Real Sosedad” ga qarshi o‘yinlarini stadionda ko‘rishga muyassar bo‘lgan. Vataniga qaytishdan oldin u o‘z mototsiklini klub muzeyiga sovg‘a qilgan.
Izoh (0)