Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo”da doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

1. Erdo‘g‘on Rossiyaning IShID bilan savdo-sotiqqa aloqadorligi bo‘yicha dalillarga egaligini aytdi. Bir kun avval esa Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyaning IShIDdan neft sotib olishi haqida bayonot bergandi. “Isbotlasangiz, iste’foga chiqaman”, — degandi Erdo‘g‘on. Rossiya esa nima uchundir Turkiyani prezidentsiz qoldirishga shoshilmayapti.

2. Toshkent shahridagi o‘rtacha yillik harorat 100 yilda 1,7 darajaga oshdi. Ekspertlarning taxminicha, keyingi yillarda O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilib ketishi ehtimoli yo‘q emas.

3. Konserti vaqtida jahli chiqqan xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyiga zarar yetkazdi. “Darakchi” gazetasining xabar berishicha, xonandaning jahlini bitta kitob chiqargan, u shu kitobni ko‘rishi bilan, mikrofonni tashlab, sahnani tark etgan.

4. Buyuk Britaniya Suriyadagi IShID marralariga ilk aviazarbalarini berdi. Xushyor Rossiya esa darrov Britaniyaga koalitsiya tuzish taklifi bilan chiqdi.

5. KONKAKAF prezidenti Alfredo Xavit FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi. FIFAda yana “qama-qama”lar; so‘nggi xabarlarga ko‘ra, hibsga olingan FIFA mansabdorlari AQShga ixtiyoriy ravishda ekstraditsiya qilinishdan bosh tortmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim