“Daryo”da doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Erdo‘g‘on Putinning Turkiya IShIDdan neft xarid qilayotgani haqidagi so‘zlari tasdiqlangudek bo‘lsa, iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi. Yana, Rossiya bilan munosabatlarda yuzaga kelgan inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal qilish joiz, deydi Turkiya prezidenti.
2. Toshkentda yerosti silkinishlari sezildi. Odamlar kuchsiz zilzilalarga o‘rganib ham qoldi — butun noyabr davomida Afg‘oniston va Qirg‘izistondagi har bir kuchli yerosti silkinishlari Andijondan Toshkentga qadar sezilib turdi.
3. Times: Rossiya Suriyada ikkinchi aviabazasini ochmoqchi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni hozircha izohlagani yo‘q, biroq voqealar bu gaplarni haqiqatga aylantirish tomon rivojlanmoqda.
4. “Lukoyl” O‘zbekistonda qazilmalarni qidirib topish va qazib olishga 759 million dollar yo‘naltirdi. 2015-yilning uchinchi choragida Rossiya kompaniyasining O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi 263 million dollarni tashkil etdi.
5. O‘zbekistonda 2020-yilgacha internetni rivojlantirishga 883,7 million dollar sarflanadi. Shundan keyin internet tezligi 20 martaga oshadi, deyishyapti.
Izoh (0)