“Termiz tarixiy-madaniy qadamjolari” xaritasi taqdimoti 30-noyabr kuni Surxondaryo viloyati ma’muriy markazida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
O‘zbek, rus, ingliz tillaridagi xaritalar hududning sayyohlik salohiyatini kengaytirish hamda uning madaniy va tarixiy yodgorliklari haqidagi axborotni tarqatish maqsadlarida ishlab chiqilgan.
Loyiha OXUS Culture tashkiloti tomonidan Gyote-Institutning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
A3 formatidagi nashr qadimiy Termiz hududidagi 20 ta obyektni o‘z ichiga oladi.
OXUS Culture kelajakda mamlakatning boshqa hududlari uchun ham bunday xaritalar yaratish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)