Superog‘ir vazn toifasida WBA’ning muntazam chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev 2016-yil boshida avstraliyalik Lukas Braunga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda Chagayevning promouteri Timur Dugazayev “R-Sport”ga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Avvalroq WBA Chagayevga va kamar uchun majburiy da’vogar Braunga 30-noyabrga qadar jang borasida kelishib olish majburiyatini yuklagan edi.
Izoh (0)