Rossiyalik beshkurashchi Aleksandr Kukarin hayotining 23-yilida vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning zamonaviy beshkurash federatsiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“O‘lim Moskva mexmonxonalarining birida sodir bo‘lgan. Uning sabablari hozircha aniqlanmagan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, ― deyiladi bayonotda.
Kukarin 2015-yil jahon chempionati erkaklar estafetasining kumush medali sovrindori, 2015-yil Yevropa chempionati aralash estafetasining bronza medali sovrindori, o‘smirlar o‘rtasidagi yakkachiqish va erkaklar estafetasining ikki karra jahon chempioni (2011) bo‘lgan.
Izoh (0)