Chili sohillaridan shimolda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yer silkinishi 27-noyabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 18:00 da qayd etildi.
Zilzila epimarkazi Antofagasta shahridan 132 kilometr janubi-g‘arbda, uning o‘chog‘i esa 28,9 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)