Shotlandiyalik fotograf Alan MakFedyen ko‘plab urinishlardan so‘ng suvni zarracha chayqatmasdan sho‘ng‘iyotgan ko‘ktorg‘oqning suratini olishga erishdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
U olti yil davomida bitta joyga kuniga bir necha marta kelar (o‘rtacha yiliga 100 kun) va suvga sho‘ng‘iyotgan qushlarni suratga olar edi.
MakFedyen ideal suratni olishga erishguncha 720 ming surat tushirdi.
MakFedyenni ushbu ishga 40 yil avval u olti yoshligida ko‘ktorg‘oqlar in qo‘yuvchi joyni ko‘rsatgan bobosi ilhomlantirgan.
Izoh (0)